Emerson rasman "Barselona" o'yinchisiga aylandi

Alisher
3 avg 2021
Emerson rasman "Barselona"ning yangi o'yinchisi sifatida tanishtirildi.

"Betis" sobiq o'yinchisi taqdimotdan so'ng kataloniyaliklar tarkibidagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Braziliyalik himoyachi Ispaniyaga 2019 yilning yanvarida "Atletiko Mineyro"dan o'tgandi, bundan tashqari "Barselona" va "Betis" bir xil ulushda o'yinchini xarid qilishgan edi. Bunga qadar u "Betis" tarkibida o'ynadi.

Futbolchi o'tgan mavsum 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/fcbarcelona