Emer Toprak: "Yakuniy hisob bizni qoniqtirmadi"
Tolibjon Qosimov
22 fev 2017
"Bayer" sardori Emer Toprak YCHL 1/8 finali dastlabki uchrashuvi doirasida uyda "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyat (2:4)dan keyin fikrini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda biz juda yomon o'ynadik. O'z darvozamizga o'zimiz gollar olib keldik. Tanaffusdan keyin esa yaxshi harakat qildik. Lekin, yakuniy hisob bizni qoniqtirmadi", - deydi Toprak.