Ellardays o'yin vaqtida hakamlarga "pora taklif qildi"

Omonjon To`xtamirzayev
22 may 2023
"Vest Xem" APL navbatdagi turida o'z uyida "Lids"ni mag'lub etdi (3:1).

Uchrashuvning eng yorqin vaziyatlari biri esa mehmonlar bosh murabbiyi Sem Ellardays ishtirokida yuz berdi. O'yinning 25-daqiqasida murabbiy texnik hudud burchagida 5 funt sterling qiymatga ega kupyurani ko'rib qoladi. Tajribali murabbiy bu pulni to'rtinchi hakam Endryu Medliga bermoqchi bo'ldi. Hakam xazil tariqasida Ellardaysni turtib yubordi va undan o'z hududiga qaytishni so'radi.

Bundan so'ng Sem pulni yordamchisi Karl Robinsonga taklif qildi, ammo u ham pulni olishni istamadi. Shunda, Ellardays kulib yubordi va pulni cho'ntagiga solib qo'ydi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia