

“Guruhimiz hali to'liq bo'lmagan bo'lsa-da hozirdan eng qiyin guruhligi ma'lum.Klub rahbariyati hali bizga keyingi yilga maqsadlarni aytgani yo'q. Ammo bizga ma'lum bo'lishicha, asosiy maqsad Chempionlar Ligasida yaxshi qatnashishdan iborat”, - deydi Suyunov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi "B" guruhida "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Shabab Al Ahli" (BAA) klublari bilan birga kurashadigan bo'ldi. Yana bir jamoa nomi pley-off bahslaridan so'ng ma'lum bo'ladi. Bu guruhga qo'shilish uchun davogar bo'lib turgan 4ta klub: "Chennayin Siti" (Hindiston), "Al Riffa" (Bahrayn), "Shahr Xodro" (Eron) va "Al Sayliya" (Qatar).



