Eldor Shomurodov "Viking"ga qarshi bahsdan so'ng nimalar dedi?

Sherzod Nurmatov
14 avg 2025, 15:41
Kecha "Istanbul Bashakshehir" Konferenciyalar Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida "Viking"ga qarshi bahs olib borib, durang qayd etdi (1:1).

Uchrashuvdan so'ng golli uzatma muafllifiga aylangan Eldor Shomurodov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Keyingi bahsda gol urishga harakat qilaman. Biz ushbu raunddan o'tdik, endi keyingi bosqichdan ham o'tib olishimiz kerak. Yaxshi jamoa shakklangan. Hozir har uch kunda o'ynamoqdamiz. Bunga tayyor bo'lishimiz kerak", – dedi Eldor Shomurodov kechagi bahsdan so'ng.

Ma'lumot o'rnida, "Istanbul Bashakshehir"ning keyingi o'yini "Kayserispor"ga qarshi kechadi. Bahs 17 avgust kuni 23:30 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia