Eldor Shomurodov va Ikrom Aliboev MTJ mashg'ulotlariga qo'shildi

Aziz Tukhtamuradov
8 okt 2019
Kecha terma jamoamizning legioner futbolchilari Eldor Shomurodov va Ikrom Aliboev Toshkentga yetib kelgani va tiklanish mashg'ulotini o'tkazgani haqida xabar qilgandik.

Bugun har ikki futbolchi ham terma jamoa safida umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz bugun to'liq tarkibda - 25 nafar futbolchi bilan birga mashg'ulot o'tkazmoqda. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni Yaman terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi. 




Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia