Eldor Shomurodov: "RPL to'purari bo'lishni istayman"

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 10:29
"Rostov" forvardi Eldor Shomurodov koronavirus sabab to'xtagan ushbu mavsumdagi vazifalari haqida gapirdi.

- Oldingi jismoniy holatga qaytish uchun qancha vaqt shug'ullanish kerak bo'ladi?
- Taxminan bir oy.

- Ushbu mavsumda o'z oldingizga qanday maqsadlar qo'ygansiz?
- "Rostov" turnir jadvalida yuqori o'rinda bo'lishi uchun qo'limdan kelganini qilaman. Shaxsiy yutuqlar? RPL to'purari bo'lishni istayman. Bu borada menda imkoniyatlar saqlanib qolgan.

- Demak, Dzyubani quvib o'tmoqchisiz?
- Albatta!

- Aytgancha, nega penaltilarni tepmayapsiz? Bu orqali siz o'z gollaringiz sonini oshirib olishingiz mumkin.
- "Rostov" tarkibida tajribali futbolchilar va penaltichilar bor. Ular penaltini tepishadi.

- Qaysi hujumchiga o'xshashni istaysiz?
- Hech kimga. O'zim bo'lishni istayman. Agarda siz kimningdir o'yinini yoqtirishim haqida so'rayotgan bo'lsangiz, Dide Drogba va Fernando Torresni aytgan bo'lardim.

- O'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim?
- Mirjalol Qosimov! U bizning afsonamiz!


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportbox