Eldor Shomurodov: "O'tish o'yinida ishtirok etishni istamaymiz"

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 16:40
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov "Ural"ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Ural"ga qarshi o'yin juda qiyin bo'ladi. Biroq g'alaba qozonishimiz kerak. Hech kim o'tish o'yinlarida ishtirok etishni xohlamaydi. Shu orqali muxlislarimiz asablarini ketkazishini istamaymiz. Raqiblarning asosiy yutug'i - jamoaviyligidir. Futbolchilar bir-birining joylarini yopa oladilar. Ishonaman, "Ural"ni mag'lub eta olamiz", - dedi Shomurodov "Rostov" matbuot xizmatiga.

Ayni damda "Rostov" chempionatning 12-pog'onasini egallab turibdi. 13-pog'onadagi jamoa esa o'tish o'yinida ishtirok etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/rostovfc