Eldor Shomurodov: "Niyatimiz finalga chiqib, chempion bo'lish"

Mirjalol Normatov
4 sen 2025
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "CAFA Nations Cup-2025" doirasida Qirg'izistonga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

- Hamma xursand, barchasi yaxshi. Ertangi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz.

- Turkmanistonga qarshi o'yinni tomosha qildingiz va hissiyotlaringizni ko'rib turdik. Nima deb o'ylaysiz, ko'proq gol urishimiz uchun nimalar etishmadi?

- Omad. Yigitlar qattiq harakat qilishdi va muhimi g'alabaga erishdik. Nasib qilsa, ertaga Turkmanistonga qarshi o'yinda urilmagan gollarni ham urishga harakat qilamiz.

- Qirg'izistonga qarshi o'yin haqida nima deysiz?

- So'nggi yillarda ularga qarshi ko'p o'ynadik. Ko'p kurashadigan, chayir jamoa. Bizga oson bo'lmaydi, bu aniq. Lekin finalga chiqishga harakat qilamiz.

- Yomon vaziyat bo'lib qolib, finalga chiqa olmasligimiz ham mumkin. Muxlislarni xursand qilish kerak.

- Bor kuchimizni beramiz. O'z davlatimizda bo'layotgan turnir. O'tgan safar finalda Eronni yuta olmagandik. Bu safar g'alabani maqsad qilganmiz. Avvalo Qirg'izistonni ko'proq gol urib mag'lub qilishimiz kerak.

- Nega uzoqdan zarbalar kamayib ketdi?

- Zarbani qanaqa berilishigayam bog'liq. Zarba berish kerak ekan deb tepilavermaydi. Maydonda har xil vaziyat bo'lishi mumkin. Agarda Sizdan ko'ra sherigingiz qulayroq vaziyatda turgan bo'lsa, to'pni unga oshirgan yaxshiroq. U yanada yaxshiroq vaziyat yaratishi mumkin. Uzoqdan tepilaversa, barchasi qiyinlashib ketadi. Uzoqdan zarba bera oladigan futbolchilarimiz bor. Ularga bu taktikani aytib qo'yaman. Lekin baribir ilk navbatda jamoadoshni qulay vaziyatga chiqarish yaxshiroq. 

- Stadionga muxlislar kamroq kelayotganini nima bilan izohlaysiz? 

- Balki bu er ko'pchilikka uzoqliq qilayotgandir. 

- "Istanbul Bashakshehir"ga moslashish qanday kechmoqda?

- Barchasi yaxshi kechmoqda.

- Abbosbek Fayzullaev bilan birga o'ynayapsizlar.

- U bilan barchasi zo'r o'tyapti.

- Soch turmagini o'zgartirishga nima sabab bo'ldi: yangi klubga o'tganingizmi yoki qizingiz sabab?

- Oldinlari sochga ko'p e'tibor bermasdim. Oxirgi paytlar bunga e'tibor qilishni boshladim. Bu borada ham yangiliklar qilib turibmiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia