

"O'yin yaxshi bo'ldi. Futbolda barcha narsa bo'lishi mumkin. O'z gollarim orqali jamoamga foyda keltirganimdan juda xursandman. O'yinga katta tayyorgarlik ko'rgandik va shunga yarasha keyingi bosqichga yo'llanma oldik. G'alabamizga albatta jamoaviy o'yin sabab bo'ldi. Tezkor gol ham qandaydir manoda bizning foydamizga ishladi. Havo o'yinimizga ta’sir ko'rsatmadi.
Nega 10-raqamni tanladim? Chunki 10-raqam bo'sh qolgandi (kuladi). Ushbu raqamning ham o'ziga yarasha mas'uliyati bor va bunga mos o'yin namoyish etishga harakat qilaman", - deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Eldor Shomurodov.




