Eldor Shomurodov: "G'alaba va mag'lubiyatga qaramay qo'llab-quvvatlab turganlarga rahmat!"

Mirjalol Normatov
23 noya 2020
"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya doirasida "Udineze"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan keyin instagramda post qoldirdi.

Uning postida avvaliga italyancha yozuvda: "Biz yanada kuchliroq bo'lamiz", deb yozilgan.

U postda davom etar ekan: "Rahmat g'alaba va mag'lubiyatga qaramay qo'llab turgan barchaga. Hali hammasi oldinda", deb qo'shib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz ushbu uchrashuvning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/shomurodov.eldor