Eldor Shomurodov: "Asosiy maqsadim - "Kalyari"ga yordam berish"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2023, 00:09
Ijara asosida "Roma"dan "Kalyari"ga o'tgan Eldor Shomurodov yangi jamoasi haqida fikr bildirdi.

"Asosiy maqsadim -  "Kalyari"ga yordam berish. Ular menga ishonishdi, men esa "Kalyari" g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman. Bu jamoada eng yaxshi formamni yana takrorlashga urinib ko'raman. Yana muvaffaqiyatga erishishim uchun hamma narsa bor: "Tajribali va kuchli murabbiy, menga ishonadigan jamoa. "Kalyari" muxlislari ham ajoyib. Ular bazada va mehmonxonada ham bizni qo'llab turishibdi

"Bari"ga qarshi pley-offdagi bahslar meni hayron qoldirdi va shu sababli bu jamoani tanladim" - deydi Shomurodov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ilgiornaledeitifosi.com