Elbek To'lqinov: "Niderlandiya terma jamoasi asosan yirik gavdali futzalchilardan iborat ekan"

Абдулвосит Бектемиров
14 sen 2024
O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Elbek To'lqinov Niderlandiyaga qarshi uchrashuvdan avval o'yin haqidagi kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

"Jahon chempionati to'rt yillikning eng katta musobaqasi va biz ushbu turnirga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Maqsadimiz o'tgan mundialdagi natijamizni yangilash. Imkon qadar uzoqroq bosqichga yetib borishga harakat qilamiz. Murabbiylarimiz Niderlandiya terma jamoasini o'rganib chiqishgan. Ushbu mamlakat vakillari bilan birinchi marotaba to'qnash kelyapmiz. Biz Niderlandiya jamoasini kuzatdik va o'rgandik, asosan gavdasi yirik futzalchilar ekan. Ertaga g'alaba qozonib, xalqimizni xursand qilamiz degan umiddaman" - deya fikr bildirdi terma jamoamiz hujumchisi Elbek To'lqinov.



Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia