"Andijon" bosh direktori Rubin Xebayning jamoaga kelishi haqidagi savolga javob berdi

Khoja
15 okt 2024
"Andijon" bosh direktori Elbek Samatov "Sport" telekanalidagi chiqishi davomida Rubin Xebay haqidagi savolga javob berdi.

"Uni yozda jamoaga olib kelishga urindik, biroq uning maoshi bizga to'g'ri kelmadi. Bilishim bo'yicha, keyinchalik Rubin Jazoir klubiga biz taklif qilgan maoshdan ham kamiga borib qo'shildi.

Qishda Rubin Xebayni qaytarishga urinib ko'ramizmi? Yo'q! Bizning endi rejalarimiz o'zgardi. "Andijon" jamoasi boshqa Rubin Xebay bo'yicha muzokaralar o'tkazmaydi", - deb fikr bildirdi klub bosh direktori.

Ma'lumot uchun, Rubin Xebay 2023 yilgi mavsum "Andijon" safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yin da maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. 


KhojaMuallif
Manba: championat.asia