

Bellashuvning birinchi bo'limida Lautaro Martines qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga aniq yo'llab hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda esa Lautaro va Romelu Lukaku o'z dublini nishonlagan bo'lishsa, D’Ambrozio ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Natijada 5:0 hisobida g'alaba qozongan “Inter” finalda “Sevilya”ga qarshi bosh sovrin uchun kurash olib boradi.
Yevropa ligasi.
1/2 final.
“Inter” Italiya – “Shaxter” Ukraina 5:0
Gollar: 1:0 – 19 Martines, 2:0 – 64 D`Ambrozio, 3:0 – 74 Martines, 4:0 – 78 Lukaku, 5:0 – 83 Lukaku.
Inter – Xandanovich, Yang (Biragi, 66), Bastoni, Godin, D`Ambrozio (Mozes, 81), Barella, Galyardini, Brozovich (Sensi, 85), de Vrey, Lukaku (Espozito, 85), Martines (Eriksen, 81).
Shaxter – Pyatov, Matvienko, Xocholava, Krivcov, Dodo, Marlos (Konoplyanka, 75), Markos Antonio, Tayson, Stepanenko, Alan Patrik (Solomon, 59), Moraes.
Ogohlantirish: Tayson (58).



