

"Biz kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. "Real" favorit, biroq biz ularga raqobatchilik qila olamiz. Buning ustiga, MLSda mavsum ayni avjida. Bu biz uchun yaxshi.
Hozirgi "Real" so'nggi yillardagi eng kuchlisi. So'nggi yilda ular erishgan muvaffaqiyat, jamoaning kuchini yana bir bor ko'rsatib beradi" - deydi Vilya.
MLS terma jamoasi hamda "Real" o'rtasidagi bahs 3 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 06:00da boshlanadi.



