Ektor Belerin: "Uolkott bilan birga o'ynash menga yoqadi"

Narzulla Saydullayev
26 sen 2016
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin "Chelsi"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Murabbiy senga ishonsa futbolchiga ishonch qo'shiladi. Bu Uolkottga tegishli. U bilan birga bir necha haftalardan buyon o'ynayapmiz. Teo bilan qanotda o'ynash yoqmoqda. "Chelsi"dek kuchli raqibni mag'lub etganimiz ajoyib bo'ldi. Yirik g'alaba esa qo'shimcha ishonch bag'ishlaydi", - deydi Belerin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: arsenal.com