EKSPO-2017 turniri “Sport” kanalida namoyish etiladi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2017, 00:50
Avval xabar qilganimizdek, 5-6 avgust kunlari Qozog'istonning Astana shahrida EKSPO-2017 faxriylar turniri bo'lib o'tadi

Oltita jamoa (Rossiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya, Qozog'iston va Jahon yulduzlar terma jamoasi) ishtirok etadigan turnirda hamyurtimiz Azamat Abduraimov ham taklif olgan va u jahon termasi tarkibida maydonga tushadi.

Ushbu turnir uchrashuvlari “Sport” teleradiokanali orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar