Ekitike: "Liverpul" men uchun qancha to'lagani qiziq emas"

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025
"Liverpul"ning fransiyalik hujumchisi Ugo Ekitike jurnalistlarga Mersisayd klubi u uchun 90 million evro taklif qilgani haqidagi fikrlari haqida gapirdi.

Ekitike Goal.com nashriga bergan intervyusida "Liverpul" uning uchun qancha pul to'laganiga ahamiyat bermasligini aytdi. Fransiyalik futbolchi hozir bor e'tiborini faqat o'z o'yiniga qaratganini ta'kidladi.

"Boshqalar mening transfer narxim haqida gapirishlari mumkin, ammo bu bilan hech narsa qilib bo'lmaydi. "Liverpul" – mening tanlovim, bu erga kelishni juda xohlagandim. Bu menga mos joy ekanligini bilardim", – deya qo'shimcha qildi Ekitike.

Eslatib o'tamiz, Ugo Ekitike "qizillar" safiga Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasidan kelib qo'shildi. Forvard joriy mavsum Angliya Premer-ligasida "Liverpul" safida 5 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Illustrated