"Arsenal" Bundesliga futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
22 okt 2022
London klubi "Ayntraxt" Frankfurt a'zosi Evan Ndikani o'z safida ko'rmoqchi.

23 yoshli himoyachining amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirida yakun topadi va nemis klubi fransiyalik futbolchini yangi kelishuv asosida jamoada saqlab qolish uchun uni ko'ndira olmayapti. 

Shu tufayli yosh himoyachi yanvar oyida kamroq transfer summasiga sotib yuborilishi mumkin. 

Evan Ndika joriy mavsumda Frankfurt klubi tarkibida turli musobaqalarda 16 ta o'yinda ishtirok etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard