Eduar Mendi: "Men eng yaxshi darvozabon bo'lishga loyiqman"

Aslanov Jasurbek
29 noya 2021, 21:26
Bugun nafaqat "Oltin to'p" sohibi, balki 2021 yil yakunida Yevropaning eng yaxshi darvozaboni nominaciyasi g'olibi ham ma'lum bo'ladi.

"Yashin sovrini" uchun bir nechta darvozabonlar kurash olib borishmoqda, biroq favorit "Chelsi" posboni Eduar Mendi hisoblanmoqda. Futbolchining o'zi g'alaba qozonish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Agar men nomzodlar ro'yxatida bo'lsam, demak, hamma narsani to'g'ri bajaryapman. Men bu sovrinni olishga loyiqman, deb o'ylayman. Jamoa bilan birgalikda mashaqqatli mehnat evaziga sezilarli natijalarga erishdim, shu bois shaxsiy kollekciyamni boyitishga umid qilaman", - dedi Mendi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС