Edinson Kavani: Ibragimovich bilan ajoyib tandem bo'la olamiz

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2013
PSJga ko'chib o'tgan Edinson Kavani klub hujumchisi Zlatan Ibragimovich bilan birga o'ynab keta olishiga ishonmoqda.
Men bu erga kelganimdan va mana shunday ajoyib loyihaning bir bo'lagiga aylanganimdan xursandman. Bu erda yutuqlarga erishmoqchiman.

Ushbu transfer amalga oshishi uchun harakat qilgan barchaga rahmat aytaman. Napolida ishlaydiganlarga ham minnatdorchilik bildiraman.

Ibragimovich – haqiqiy chempion, dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. Umid qilamanki u bilan birga ajoyib tandem hosil qila olamiz.

Men Chempionlar ligasini yuta oladigan klub safiga o'tdim. 

Klubdan ko'p o'yinchlarni bilaman – Lavessi va Pastore bilan Palermoda tanishganman, Lugano bilan Urugvay termasida birga o'ynaymiz, – deydi Kavani.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: