

"Barchasi yaxshi ketayotgan edi. Lekin, biz hech qachon o'yinga bu qadar yondashmagandik. Ular bizni har tomonlama mag'lub etishdi. O'yinga kirisha olmadik. Nimadir yetishmadi. Barchamiz o'zimizga savol berishimiz kerak. Men ham, boshqalar ham tushkunlikka tushdi. Boisi, o'yinimiz chiqmadi. Uchrashuv davomida tashabbus raqib tomonida bo'ldi. Biz haqiqatdan ham o'yinga kirisha olmadik. Shu narsa meni hafa qildi",- deydi Jeko.



