Ederson Saudiya Arabistoni klubi bilan kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
4 iyul 2024, 22:45
Braziliya terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi darvozaboni Ederson faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu to'p tepayotgan “Al Nassr” klubi braziliyalik futbolchiga taklif jo'natgan.

Saudiya klubi Edersonga ikki yil uchun 60 million evro taklif qilgan. Darvozabon shaxsiy kelishuvga erishgan. "Siti" ham posbonning kyetishiga qarshilik qilmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, Edersonning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2026 yil yakuniga etadi. U o'tgan mavsum "Manchester Siti" tarkibida 43 o'yinda maydonga tushgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: x.com/CLMerlo