Ederson ketsa "Manchester Siti" darvozasini kim qo'riqlaydi?

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2024
"Manchester Siti" asosiy darvozaboni Ederson klubini o'zgartirishi mumkin.

Oldinroq, 30 yoshli braziliyalik posbon faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" braziliyalik ketganidan so'ng Shtefan Ortegani asosiy darvozabonga aylantiradi.

Jamoa Janluiji Donnarumma va Yan Oblak kabi mashhur posbonlarga qiziqayotgani yo'q.

31 yoshli Ortega o'tgan mavsum "Siti" safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta to'p o'tkazib yuborgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano