Eden Azarning akasi: "Uning o'rnida bo'lganimda faoliyatimni yakunlagan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
8 okt 2023
"Real"ning sobiq futbolchisi Eden Azarning akasi Kilyan Azar ukasi haqida gapirdi.

"Ayni damda u hech nima bilan shug'ullanmayapti, shu sababli uning faoliyati borasida biror nima deya olmayman. Yakuniy qarorni uning o'zi chiqaradi.

Ayni paytda u Madridda, chunki uning farzandlari o'sha erda maktabda o'qishadi va u ortiqcha shov-shuvlarni yoqtirmaydi. Har kuni hayotdan zavq olyapti.

U futbolni yaxshi ko'radi, shu sababli u "Real"dan tashqari barcha o'ynagan jamoalarida qo'lidan kelgancha mehnat qilgan. Biroq uning o'rnida bo'lganimda faoliyatimni yakunlagan bo'lardim. Bunday uzoq va muvaffaqiyatli faoliyatdan keyin u oilasi bilan vaqtni o'tkazishga loyiq", - dedi Azarning akasi Kilyan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca