YCHL. Prevyu: Yangi yilda Bundesligada hali umuman yutmagan "Shalke" APL peshqadami mehmoni bo'ladi

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final doirasidagi "Manchester Siti" - "Shalke" to'qnashuvining javob o'yini bo'lib o'tadi.

Mazkur jamoalarning Gelzerkirxendagi dastlabki bahsida "Shalke" tayyor g'alabani qo'ldan chiqargandi - 2:3.


Bu to'qnashuvda kim favorit ekanligini qur'adan keyinoq ma'lum bo'lgandi. Birinchi bahsda ham bu o'z tasdig'ini topdi. Javob bellashuvi oldidan "Shalke"ning imkoniyatlari nihoyatda past. "Manchester Siti" qo'lidagi ustunlikni yaqin 90 yoki ehtimoliy 120 daqiqaga cho'zilishi mumkin bo'lgan vaqt oralig'ida raqibiga berib qo'ymasa kerak. Har holda jamoalar darajasi o'rtasidagi farq, tarkib va hozirgi sharoitdan kelib chiqsak, "Siti" Manchesterda sensaciyaga yo'l qo'yib berishiga ishonish mushkul masala.

Kamiga "Shalke" ayni paytda ichki chempionatda ham duch kelgan jamoa oldida dovdirab, o'z o'yinin namoyish etolmayapti. Jamoada nafaqat natija borasida, balki o'yin tashkillashtirishda ham kamchiliklar etarlicha ko'zga tashlanmoqda. Tedeskoning "Shalke"dagi kelgusi faoliyati juda katta so'roq ostida turibdi. Barcha jihatlar "Manchester Siti" foydasiga xizmat qilmoqda. Faqatgina "Shalke" engilroq nafas olishini zamin yaratadigan yagona jihat, bu hech qanday bosimning yo'qligi. Mazkur kichik jihat orqali Tedesko o'z shogirdlarini juda yaxshi tayyorlay olsa, balki jamoa qandaydir kichik mo'jiza sodir etishga urinib ko'rishi mumkin. Har holda futbolda oldindan bir narsa deyish qiyin. Ayniqsa Yevropa chempionlar ligasi o'yinlarida. Xosep Gvardiola esa bu narsani yaxshi anglaydigan mutaxassis. Shu boisdan ham "Manchester Siti" ortiqcha xotirjamlikka berilishiga haqqi yo'q. Bo'shashish va konsentratsiyani bir zumga bo'lsada yo'qotish Yevropa chempionlar ligasida qimmatga tushishi mumkin.


YCHL, nimchorak final. Javob uchrashuvi.

"Manchester Siti" - "Shalke-04" (3:2)

"Ettihad stedium".

Bosh hakam: Klement Turpin (Fransiya)

"Manchester Siti": Ederson; Uoker, Stounz, Lyaport, Zinchenko; Bernardu Silva, Gyundogan, Silva; Sterling, Aguero, Sane

O'ynamaydi: de Breyne (jarohat), Mendi (jarohat), Bravo (jarohat), Kompani (e'lon qilinmadi), Fernandino (diskvalifikaciya), Otamendi (diskvalifikaciya)

So'roq ostida: Stounz (jarohat)

"Shalke": Fermann; Stambuli, Sane, Nastasich; Makkenni, Konoplyanka, Rudi, Ochipka, Bentaleb; Embolo, Burgshtaller

O'ynamaydi: Kalidjuri (jarohat), Arit (murabbiy qarori), Maskarel (jarohat), Shopf (jarohat), Ut (murabbiy qarori) 


Manba: championat.asia