YCHL pley-offi qayerda o'tkaziladi?

2 iyun 2020, 22:28
Bu haqida El Mundo Deportivo xabar qildi.

UEFA klublar o'rtasida o'tkazilayotgan evrokubok musobaqalarini bir shaharda yakunlab qo'yish masalasini ko'rib chiqyapti. Hozir Lissabon shahri varianti muhokama qilinmoqda. Tashkilot Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi pley-off bochqichidan o'rin olgan barcha o'yinlarni Portugaliya poytaxtida o'tkazmoqchi. Shuningdek, xalqaro parvozlar sonini kamaytirish maqsadida turnirning chorak va yarim final bahslari ham bir o'yindan iborat tartibda o'tkaziladi.


Manba: El Mundo Deportivo