YCHL. Pepe musobaqada 100 ta o'yin o'tkazgan uchinchi portugaliyalik

Eldor Akmurzayev
29 okt 2020
Chempionlar Ligasi 2-turida “Portu” o'z maydonida “Olimpiakos”ni 2:0 hisobida taslim etdi.

Mezbonlar sardori Pepe bahsda to'liq harakat qildi va musobaqadagi yubiley 100-o'yinini o'tkazdi. Pepe ushbu natijaga erishgan uchinchi portugaliyalikka aylandi. Undan oldinda esa Luish Figu (103) va Krishtianu Ronaldu (170) bor.

Shuningdek, Pepe YCHLda yuzta uchrashuvda qatnashgan 40-futbolchi sifatida qayd etildi. 37 yoshli futbolchi bunga "Real" (71), "Beshiktosh" (6) va "Portu" (23) safidagi ishtiroki orqali erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCPorto