YCHL. Levandovski rekord qayd etdi

Eldor Akmurzayev
9 mar 2022
Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida “Bavariya” uyda “Zalcburg”ni “sharmanda” qildi.

Myunxenliklar forvardi Robert Levandovski uchrashuv startidan keyin 23 daqiqa ichida raqib darvozasini uch bor ishg'ol etishga erishdi. U 12, 21 hamda 23-daqiqalarda gol urdi.

Shu tariqa, polshalik musobaqada o'yin boshlaganidan keyin eng tezkor xet-trik qayd etgan futbolchi sifatida rekord o'rnatdi. Avvalgi eng yaxshi natija esa “Milan” sobiq a'zosi Marko Simonega (24 daqiqa) tegishli edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Sports