YCHL. Hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
28 apr 2022
Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki o'yinlari yakuniga ko'ra eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum qilindi.

Unga ko'ra quyidagi futbolchilar YCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkin:

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva - "Real"ga g'alaba to'pini kiritdi, o'yinda 13,46 km masofa bosib o'tdi, 95 foiz paslari aniq bo'ldi.

"Liverpul" xavbeki Tiago Alkantara - "Vilyarreal" bilan o'yinda 10,93 km masofa, 28,6 km/soat tezlik, 97 foiz paslari aniq.

"Vilyarreal" himoyachisi Xuan Foyt - "Liverpul" bilan o'yinda 1 marotaba to'pni olib qo'ydi, 4 marta to'p nazoratini qaytardi, 76 foiz paslari aniq.

"Real" hujumchisi Karim Benzema - "Manchester Siti" darvozasiga 2 ta gol urdi, darvozaga 3 ta aniq zarba berdi, 30,1 km/soat tezlik ko'rsatdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA