YCHL 2019/20 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun davogarlarning nomlari ma'lum

Eldor Akmurzayev
17 sen 2020
G'oliblar poziciyalar bo'yicha aniqlanadi va ularning nomlari 1 oktyabr kuni e'lon qilinadi.

Ushbu ro'yxatga kiritilgan futbolchilar maxsus mutaxassislar hayati tomonidan tanlangan. Uning tarkibidan YCHL 2019/20 yilgi mavsum guruh bosqichida qatnashgan 32 klub ustozlari hamda 55 nafar jurnalistlar joy oldi. Murabbiylarga o'z jamoalaridagi futbolchilarga ovoz berishga ruxsat berilmagan.

Darvozabonlar: Keylor Navas (PSJ), Manuel Noyer (Bavariya), Yan Oblak (Atletiko);

Himoyachilar: David Alaba, Alfonso Devis, Yozua Kimmix (barchasi – Bavariya);

Yarimhimoyachilar: Kevin de Bryuyne (Manchester Siti), Tomas Myuller, Tiago Alkantara (ikkisi – Bavariya);

Hujumchilar: Robert Levandovski (Bavariya), Kilian Mbappe, Neymar (ikkisi – PSJ).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA