"Dubai Cup-2022". O'zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Vetnam bilan o'ynaydi

Alisher
29 mar 2022
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Dubaydagi xalqaro musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.

O'zbekistonlik futbolchilarga bugun Vetnam raqiblik qiladi.

O'yin 17:00da "Al Avir" stadionida start oladi.

Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi dastlab Saudiya Arabistoniga 0:2 hisobida yutqazdi, uch kun oldin esa vakillarimiz BAA bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia