Drinkuoter "Lester"ga qaytmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023
Yarim himoyachi Denni Drinkuoter faoliyatini "Lester"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "The Sun" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 33 yoshli angliyalik futbolchi o'zi qaytish istagini bildirgan. U 2022 yilning yozidan beri erkin agent hisoblanadi.

Drinkuoter 2021/22 yilgi mavsumda "Reding" tomonidan ijaraga olingandi. U 33 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xavbek "Lester" bilan birgalikda Angliya chempioniga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun