Dostonbek Hamdamov va Jasur Hasanovni tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2016
Bugun 24 iyul oliy ligada o'ynayotgan ikki nafar futbolchining tug'ilgan kuni.

Bugun O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi, 2015 yilgi Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi Dostonbek Hamdamov 20 yoshga to'ldi. Bundan tashqari "Buxoro" klubi a'zosi, 2009 yilgi Misrda o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi Jasur Hasanov 27 yoshni qarshiladi.

Biz o'z tug'ilgan kunini nishonlayotgan barchani saytimiz xodimlari va muxlislari nomidan tabriklab qolamiz!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia