"Do'stlik" bosh murabbiyi Mikola Shevchenko: "Qo'qon-1912" yarimta vaziyatdan ham gol urishga erishdi"

Narzulla Saydullayev
4 may 2024
Kecha Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Do'stlik" (2:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mikola Shevchenko o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun kim gol ursa o'sha jamoa yutishi ko'rinib turgandi. O'yinimiz yaxshi, ammo natija qo'lga kiritilmayapti. Masalan, bugun "Qo'qon-1912"da yarimta vaziyat bo'ldi va o'shandan ham foydalanishdi, bizda esa aksincha", - dedi Nikolay Shevchenko.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia