Dortmundning "Borussiya" klubi "Styaua" himoyachisini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2013
25 yoshli "Styaua" markaziy himoyachisi Florin Gardoshga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.
Dortmundliklar himoya markazida jiddiy muammolarga duch kelyapti. Chunki Mats Xummels va Neven Subotich ayni vaqtda jarohatlari sabab jamlaga yordam bera olishmayapti. Gardoshning transferi 1,6 million evroga baholanyapti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net