Donni van de Bek: "Jamoa g'alabaga erishmasa, urilgan gol ahamiyatini yo'qotadi"

Mirjalol Normatov
20 sen 2020
"Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda debyut qilib, ilk golini urgan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek fikrlarini bildirib o'tdi.

"Gol urdim, biroq muhimi g'alaba edi. Jamoa g'alabaga erishmasa, urilgan gol ahamiyatini yo'qotadi. Kayfiyatni tushurmaymiz va seshanba kungi bahsda o'zimizni ko'rsatamiz. Oldinga katta qadam tashlash kerak.

Ha, mag'lub bo'ldik, biroq bunday klub tarkibida bo'lish juda yoqimli. Yangi jamoam tarkibida ilk o'yinda qatnashdim va umid qilamanki, kelasi o'yinlarda g'alaba qozonamiz", - dedi van de Bek.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal