Donnarumma - FIFA talqiniga ko'ra 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni

Sherzod Nurmatov
16 dek 2025
"Manchester Siti" va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma 2025 yilning eng yaxshi posboni deb etirof etildi.

Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilda italiyalik futbolchi PSJ bilan Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar Ligasi va mamlakat Kubogida g'alaba qozondi. Yozda Jiji 35 million evro evaziga "Manchester Siti" safiga o'tdi.

Bundan tashqari, u Chempionlar Ligasida mavsum ramziy terma jamoasidan ham joy olgandi.

Ayni paytga qadar Donnarumma "shaharliklar" libosida 18 o'yin o'tkazib, 16 ta gol o'tkazib yubordi va 8 bor darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili "The Best FIFA-2024" mukofotini "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines qo'lga kiritgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com