

"Menimcha, "Real" - "Yuventus"ga qarshi bahsda yetakchi. Eng yaxshi futbolchilar ularda va bundan tashqari, ispanlar Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi. "Yuventus" - juda kuchli jamoa, ammo "Real" ularning himoyasini yorib o'tishga qodir. Zidan buyuk futbolchi bo'lgan va maydonda ko'p gapirmagan. Bundan tashqari u o'zi o'ynagan jamoalarda yetakchi bo'lgan. U gapirayotganda jamoadoshlari uning ko'rsatmalarini bajargan. Endi u "Real" va uning futbolchilarini juda yaxshi biladi. Bunday o'yinchilarning murabbiyi bo'lish oson emas, biroq Zidan shu uchun tug'ilgan" - deydi Domenek.



