

“Dunyo futbol ishqibozlari Ronaldu va Messi sabab ikkiga bo'linishgan. Ochig'ini aytsam, men hamisha Lionelga o'z ovozimni berib kelganman. Boisi, “Barselona”ga muxlislik qilaman.
Lekin Krishtianuning o'yinlari ham fantastika. Bunday darajadagi futbolchi bilan har qaysi murabbiy ishlashni orzu qiladi. Fikrimcha, bu yil “Oltin to'p” yo'lida Ronalduga faqat Buffon raqobat qila oladi”, - deya Domenekning so'zlaridan iqtibos keltiradi O Jogo.




