Dolbergning 70 ming evro turadigan soatini "uxlatib ketishdi"

Alisher
20 sen 2019
"Nicca" hujumchisi Kasper Dolberg soatsiz qoldi.

"Nicca"ning yangi o'yinchisi Dolbergning soatini kiyinish xonasidan o'g'irlab ketishdi.

Uning narxi 70 ming evro turadi. 21 yoshli Dolberg shu yili "Ayaks"dan "Nicca"ga 20,5 million evro evaziga o'tgan edi.

Futbolchi 2016 yildan buyon Daniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Nice Matin