Diyor Xolmatov: "Har bir uchrashuvda "Paxtakor" brendini himoya qilish uchun o'ynaymiz"

Aslanov Jasurbek
4 mar 2024
"Surxon"-"Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng "sherlar" yarim himoyachisi Diyor Xolmatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Superligani yaxshi kayfiyatda boshlab oldik. Maqsadimiz muxlislarni xursand qilish edi. Niyatimizga etdik. Bu - "Paxtakor". Biz har bir o'yinda shu klub brendini himoya qilish uchun to'p tepamiz. Maqsad esa faqat chempionlik. 


"Nasaf" bilan o'yinga odatdagidek tayyorgarlik ko'ramiz. Qo'rqinchli tomoni yo'q. G'alaba uchun maydonga chiqamiz",- deydi Diyor Xolmatov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia