"Dinamo"ning uch legioneri jamoadan ketdi

Оқил Абдубарноев
23 may 2026, 18:18
Samarqandning "Dinamo" klubida jiddiy yo'qotishlar yuz bermoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovning ma'lum qilishicha, klub tarkibidagi uch nafar xorijlik futbolchi jamoa bilan xayrlashgan. Ammo ularning ism-shariflari aytilmagan.

Legionerlarning klubni tark etishiga uzoq vaqt davomida oylik maoshlarning to'lab berilmagani asosiy sabab bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoani urugvaylik Mauro Brasil, argentinalik Salvador Sanches va ehtimol, ganalik Kingsli Sarfo tark etgan bo'lishi mumkin.

Avvalroq "Surxon"ning ikki legioneri klubdan ketgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia