"Dinamo"dan navbatdagi yurish. Jamoa Burkina-Faso terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Khoja
26 dek 2025
"Dinamo" PFK 2026 yilgi mavsum oldidan selekciya ishlarini davom ettirib, navbatdagi yangi o'yinchi bilan kelishuvga erishganini ma'lum qiladi.

"Jamoamiz murabbiylar shtabi tayanch yarimhimoya chizig'i uchun bir qator yangi o'yinchilar nomzodini ko'rib chiqqach, Dinamo PFK Burkina-Faso milliy jamoasiga nomzod Dramane Salou bilan shartnoma imzoladi. 

27 yoshli yarim himoyachi Burkina-Faso milliy jamoasi safida 8 o'yinda maydonga tushgan. Xususan, 2025 yilda JCH-2026 Afrika qitasi saralash bosqichi doirasidagi 2ta o'yinga chaqirilgan. Dramanening so'nggi jamoasi "Xapoel Hayfa" bo'lib, u Isroil klubida bir yilda 33 o'yinda maydonga tushgan. Dinamoga erkin agent sifatida qo'shilgan Salou 2023/24 yilgi mavsumda Armanistonning "Urartu" klubida ham munosib faoliyat ko'rsatib, chempionat, kubok va Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichida jami 42 o'yinda 3ta golga mualliflik qilgan", - deyilgan "Dinamo" jamoasi matbuot xizmati bergan xabarda.

Fuqaroligi: Burkina-Faso

Tug'ilgan joyi: Uagadugu, Burkina-Faso

Tug'ilgan sanasi: 22 may, 1998 yil

Ampluasi: Tayanch yarimhimoyachi.

Milliy jamoasi: Burkina-Faso 

Yutuqlari

2018 yil – Burkina-Faso kubogi g'olibi;

2018/19 – Serbiya kubogi g'olibi;

2022/23 – Armaniston chempioni;

2022/23 – Armaniston kubogi g'olibi;


KhojaMuallif
Manba: @FCDinamo1960

O'xshash yangiliklar