

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, Dinamo jamoasi safiga hujumkor yarim himoyachi Oybek Nurmatov kelib qo'shildi. 23 yoshli futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.
Ma'lumot uchun, Oybek Nurmatov o'tgan mavsum Superligada 17 o'yin o'tkazib, birinchi davrada So'g'diyona sharafini himoya qilgan bo'lsa, ikkinchi davrada Mashalda to'p tepgan. 2020 yilgi mavsumni esa Dinamo safida o'tkazib, muxlislar mehrini qozongandi.




