

Eshitdik-da: Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar shtabi kelasi mavsum "Dinamo"ni boshqaradi
Dinamo jamoasi tajribali mutaxassis qo'l ostida Pro ligada muvaffaqiyatli ishtirok etdi va muxlislar hamda rahbariyat ishonchini qozonib, Superligaga yo'llanma oldi.
Bugun, 29 oktyabr kuni championat.asia sayti Eshitdik-da: Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar shtabi kelasi mavsum Dinamoni boshqaradi sarlavhasi ostida xabar e'lon qilib, Dinamo kelasi mavsumni Hamidjon Aktamov qo'l ostida boshlashi, unga Samarqand klubidan qiziqarli taklif tushgani, shu bois ushbu mutaxassis Qizilqumdagi murabbiylar shtabi bilan birgalikda yangi klubga yo'l olishi mumkinligi, keyingi yil klub juda katta byudjetga ega bo'lishi haqida tasdiqlanmagan va haqiqatga mos bo'lmagan ma'lumotlar yozgan.
Dinamo PFK matbuot xizmati shuni ma'lum qiladiki, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Klub rahbariyati va bosh homiysi Agromir jamoani Superligaga olib chiqqan murabbiylar shtabi bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirgan", - deb yozadi Samarqand klubi matbuot xizmati.



