Dinamo legioner futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Khoja
13 sen 2024, 09:05
Dinamo PFK Ratino bilan shartnomani 2025 yilning oxiriga qadar uzaytirdi.

Dinamo jamoasi braziliyalik yarim himoyachi Jurani Fransisko Ferreyra yoxud Ratino bilan amaldagi kelishuvni rasman uzaytirdi.

Samarqand klubi va braziliyalik yarim himoyachi o'rtasidagi kelishuv 2025 yil yakuniga qadar uzaytirildi. Amaldagi shartnoma 2024 yil yakunigacha edi. 

Ratino mavsum boshida jamoamiz safiga qo'shilib, tez fursatda o'z o'yinlari bilan muxlis va mutaxassislar e'tiboriga tushdi. Endi u kamida kelasi yilda ham jamoamiz sharafini himoya qiladi!

Ma'lumot uchun, 27 yoshli tayanch yarim himoyachisi joriy mavsum Superligada 14 o'yinda 2ta golga mualliflik qilgan. 


KhojaMuallif
Manba: FCDinamo1960