"Dinamo" Laksaltga 4 yillik shartnoma taklif qildi

Alisher
9 iyun 2021
"Milan" himoyachisi Diego Laksalt Moskvaning "Dinamo" klubiga o'tishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, poytaxt klubi 28 yoshli urugvaylik futbolchi uchun 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi.

Urugvaylik futbolchining "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt Diegoni 4 million evroga baholagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira