"Dinamo" Gruziya klubini mag'lubiyatga uchratdi

Оқил Абдубарноев
18 fev 2022
Turkiya yig'ini doirasidagi 4-uchrashuvida "Dinamo" Gruziyaning "Garedji" klubi ustidan dastlabki g'alabasiga erishdi.

Samarqandliklar 10-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olishdi. Raqib futbolchisi hujumni qaytarish vaqtida o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi – 1:0.

Ikkinchi bo'limda Faxriddin Alimov Aleksandr Glishichning uzatmasini golga aylantirdi. Gruzin klubi esa o'yin yakunida farqni qisqartirishdi – 2:1.

O'rtoqlik uchrashuvi. Turkiya.

18 fevral (juma)

"Dinamo" - "Garedji" (Gruziya) - 2:1

Gollar: 10' avtogol, Faxriddin Alimov 65 – 82. 

"Dinamo": Miloe Prekovich, Islom Sharipov, Ibrohim Yo'ldoshev, Mixaylo Yovanovich, Jasur Jumaev, Abdujamol Isroilov, Temur Ismoilov, Evgeniy Chumak, Shohmalik Komilov, Aleksandar Glishich, Oybek Nurmatov. 

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: A.Ahrorov, J.Mannonov, O.Jo'raev, D.Foteev, V.Oqbo'taev, M.Muzaffarov, T.Ergashev, J.Umarov, S.Rashidov, F.Alimov, SH.Yo'ldoshev, A.Kozimov. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Динамо" ФК матбуот хизмати